Uch viloyatda 50 mingdan ortiq isteʼmolchi elektr taʼminotidan uzilib qoldi

12:43 18 Fevral 2024 Jamiyat
550 0

Ilyustrativ foto

Samarqand, Buxoro va Jizzax viloyatlarining ayrim hududlarida 50 mingdan ortiq isteʼmolchi elektr taʼminotidan uzilib qoldi. Bunga ushbu hududlarda kuzatilgan kuchli shamol sabab boʻlgan.

Xususan, Samarqand viloyatining Samarqand, Pastdargʻom, Bulungʻur, Jomboy, Toyloq va Payariq tumanlarida 35 mingta, Buxoro viloyatining Romitan, Buxoro, Olot, Kogon hamda Jondor tumanlarida 15 mingta, Jizzax viloyatining Baxmal tumanida 700 ta isteʼmolchi elektr taʼminotidan uzilib qolgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan maʼlum qilinishicha, hozirda viloyat elektr tarmoqlari korxonalarining maxsus brigadalari tomonidan nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Nosozliklar bosqichma-bosqich bartaraf etilib, isteʼmolchilarning elektr taʼminoti qayta tiklanadi.

 

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер