Uch nafar senatorda koronavirus aniqlandi

09:25 04 Oktyabr 2020 Dunyo
1000 0

AQSH kongressi senatining milliy xavfsizlik va hukumat ishlari boʻyicha qoʻmitasi raisi Ron Jonson oxirgi ikki kunda koronavirusga chalingan uchinchi senator boʻldi. Bu haqda Fox News xabar berdi.

Jonson 29-sentyabr kuni keyinchalik Covid-19 aniqlangan odam bilan muloqotda boʻlgan. Buni bilishi bilan u test topshirgan va natija musbat chiqqan.

Ayni paytda senator oʻzini yaxshi his qilmoqda.

Uning koʻpchilik yordamchilari masofadan ishlab kelayotgani va oʻzaro muloqotda boʻlmagani ham maʼlum qilindi.

Eslatib oʻtamiz, 2-oktyabr kuni AQSH prezidenti Donald Tramp va uning rafiqasida kovid aniqlangan edi. Shundan soʻng Oq uy rahbarini Uolter Rid nomidagi harbiy tibbiy gospitalga oʻtkazishdi. U aholiga videomurojaat yoʻllab, oʻzini yaxshi his etayotganini bildirgan.

Aynan shu kuni ikki senator — Tom Tillis va Mayk Li ham koronavirus bilan kasallangani haqida xabar berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер