Uch ming dollar maosh olayotgan oʻqituvchi

10:05 15 Aprel 2026 Jamiyat
176 0

“Oʻqituvchining oylik maoshi qachon ming dollarga yetadi?” Endi shu kabi savollarga hojat yoʻq. Boisi, ayrim ustozlar bu dovonni allaqachon bosib oʻtganlar. Qanday qilib?

— Buning uchun faqat izlanish kerak, — deydi Andijon shahridagi Muhammad Yusuf nomli ijod maktabining tarix fani oʻqituvchisi Sardorbek Jaloliddinov. — Masalan, milliy sertifikatga ega oʻqituvchining oylik maoshiga 50 foiz qoʻshiladi. Agar xalqaro sertifikatga ega boʻlsa bu koʻrsatkich 75 foizni tashkil etadi. Bundan tashqari maktab fondidan ustama ajratiladi. Shu tariqa oylik maosh ham ortib boraveradi.

Sardorbek ana shu yutuqlarga erishganligi bois bugungi kunda 3 ming AQSH dollariga teng miqdorda oylik maosh olmoqda. Eʼtiborlisi shundaki, u bilan bir jamoada faoliyat olib borayotgan 37 nafar oʻqituvchilarning 10 nafari kamida 2 ming dollar maoshga ega. “Izlagan imkon topar”,-deganlari rost ekan.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер