"Uch avlod uchrashuvi" tadbirlari o‘tkazildi
Фото: Бош прокуратура
Tarix va kelajak mushtarakligini ta’minlash bugungi avlodning burchi hisoblanadi. Bu borada harbiy prokuratura organlari tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Termiz va Nukus harbiy prokuraturalari tashabbusi bilan tashkil etilgan "Uch avlod" uchrashuvlari shunday tadbirlarning amaliy davomi bo‘ldi.
Ularda harbiy qism va muassasalar qo‘mondonliklari vakillari, muddatli va kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchilar, pensiyadagi, shu jumladan, baynalminalchi faxriylar hamda o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.
Faxriylar o‘z tajribalaridan so‘zlab bergan hayotiy saboqlar, chunonchi, qalblarida jo‘sh urgan vatanparvarlik tuyg‘usi har qanday mashaqqatli vaziyatda ularga kuch va shijoat bergani, xalqimiz oldidagi farzandlik burchi esa doimo o‘z vazifalariga fidoyilik va mas’uliyat bilan yondashishga undagani ishtirokchilar, ayniqsa, yoshlardagi Vatanga bo‘lgan muhabbat va sadoqat hissini yanada to‘lqinlantirib yuborganligini ularning yuz-ko‘zlaridan anglash qiyin bo‘lmadi.
Muloqotlar ochiq, samimiy va savol-javoblarga boy bo‘ldi.
Muddatli harbiy xizmatchilar va o‘quvchi yoshlarning Vatan va sadoqat haqidagi jonli kuy-qo‘shiqlari tadbirga bayramona shukuh bag‘ishladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring