Ucellʼning barcha ulushi davlatga sotildi

14:59 05 Dekabr 2018 Jamiyat
1572 0

Coscom mobil aloqa operatoriga (Ucell tovar belgisi) egalik qilgan Shvetsiyaning Telia Company kompaniyasi oʻzining barcha ulushini (94 foiz aksiya) Oʻzbekiston Davlat raqobat qoʻmitasiga sotdi. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida maʼlum qilingan.

Manba bergan xabarda qayd qilinishicha, Ucellʼning barcha aksiyalari qiymati 215 mln dollarga sotilgan. Shu kungacha shakllangan eski majburiyatlar saqlanib qolingan.

Maʼlumot uchun, 2007 yilning iyulida Telia (oʻsha vaqtda Telia Sonera) Coscomʼning asosiy aksioneriga aylangandi. 2008 yili esa operator Ucell brendi ostida faoliyat yurita boshlagandi. Kompaniya abonentlari soni 7 million atrofida ekani aytiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер