Twitter Trampni blokdan chiqardi
AQSHning amaldagi prezidenti Donald Tramp 7-yanvar kuni Twitterʻda ijtimoiy tarmoqdan foydalanish qoidalarini buzgani sabab bloklangan edi. U 8-yanvar kuni blokdan chiqarildi va birinchi tvitini eʼlon qildi.
Ushbu videomurojaatda Tramp Vashingtonda boʻlib oʻtgan tartibsizlik va zoʻravonliklarni qoraladi hamda oʻz vakolatlarini mamlakatning saylangan prezidenti Jo Baydenga topshirishini aytdi.
Maʼlumot uchun, Twitter Trampning akkauntini bloklab qoʻygan edi. Blok ochilishi uchun Amerika rahbari soʻnggi uchta postni oʻchirilishi shartligi bildirildi. Aks holda, ijtimoiy tarmoq vakillari akkauntni butunlay blok qilish bilan tahdid qilishdi. Tramp ushbu tvitlarni oʻchirib tashlab, talabni bajardi.
Eslatib oʻtamiz, Trampning Facebook, Instagram, Snapchat va Twitch akkauntlari ham bloklangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring