Tuvaloq tabiatga qoʻyib yuborildi
Oʻlkamiz yovvoyi tabiatining ajoyib vakili boʻlgan yoʻrgʻa tuvaloq oʻtgan asrning 60 yillaridan boshlab kamaya boshlagan edi. Shu bois, asosan Qizilqum choʻllarida yashaydigan ushbu qush 2009-yilda noyob tur sifatida mamlakatimiz Qizil kitobiga kiritildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya qoʻmitasi Axborot xizmati maʼlumotiga koʻra, joriy yil 28-may -1-iyun kunlari Oʻzbekiston Respublikasi hamda Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro Uyushmasi Qizil kitoblariga kiritilgan, yoʻqolib ketish xavfi ostida boʻlgan 2040 bosh uchirma yoʻrgʻa tuvaloqlar Qoʻngʻirot tumanida tabiat qoʻyniga qoʻyib yuborildi.
Aytish joizki, ular Birlashgan Arab Amirliklariga qarashli “International fund for houbara conservation” markazida koʻpaytirilgan.
Hidoyat AHMEDOV,
“Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring