“Turonbank” ATB qoʻshimcha aksiyalar chiqaradi

19:05 30 Iyul 2021 Iqtisodiyot
1495 0

Bu haqda ushbu bankning bildirishnomasida maʼlum qilingan:

«Turonbank» ATB Kengashining 2021-yil 27-iyuldagi K-50-sonli majlis bayonnomasi bilan tasdiqlangan «Turonbank» ATBning qoʻshimcha aksiyalar chiqarilishi toʻgʻrisidagi qarori 2021-yil 30-iyulda R0496-25-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligini maʼlum qiladi.

Ushbu chiqarilish doirasida egasining nomi yozilgan, hujjatsiz shakldagi nominal qiymati 1 700 soʻm boʻlgan umumiy qiymatdagi 50 815 041 700 coʻmlik 29 891 201 dona oddiy aksiyalar joylashtiriladi. Aksiyalarning har bir donasi uchun sotish narxi 1 700 soʻm.

Ushbu aksiyalar yopiq obuna orqali Oʻzbekiston Respublikasi Moliya Vazirligiga joylashtiriladi.

Aksiyadorlar qoʻshimcha chiqarilgan aksiyalardan oʻzi egalik qilayotgan shu turdagi aksiyalar ulushiga mutanosib ravishda sotib olishlari mumkin.

Imtiyozli huquqdan foydalanishning amal qilish muddati ushbu bildirishnoma ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan kundan boshlab 10 kunni tashkil etadi.

Bank aksiyalarini olishda imtiyozli huquqqa ega aksiyadorlar roʻyxati 2021-yil 27-iyul holatiga shakllantirilgan bank aksiyadorlari reyestri maʼlumotlari asosida tuziladi.

Imtiyozli huquqqa ega boʻlgan aksiyador aksiyalarni olishi toʻgʻrisida oʻzining ismi-sharifi (nomi) va yashash joyi (joylashgan yeri), oʻzi oladigan emissiyaviy qimmatli qogʻozlarning soni koʻrsatilgan yozma shakldagi arizani va haq toʻlaganlik toʻgʻrisidagi hujjatni bankka yuborish orqali oʻz imtiyozli huquqini toʻliq yoki qisman amalga oshirishga haqli. Bunday ariza mazkur imtiyozli huquqning amal qilish muddati ichida bankka taqdim etilishi kerak.

Aksiyalar uchun toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida amalga oshiriladi. Aksiyalar boʻyicha toʻlovlar pul mablagʻlari bilan naqd va naqdsiz shaklda amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 36-moddasiga asosan aksiyalarning imtiyozli sotib olish huquqi amal qilish davrida toʻlovlar, yuridik shaxslar uchun naqdsiz shaklda – pul oʻtkazish yoʻli bilan, jismoniy shaxslar uchun naqd – bank kassasiga topshirish yoʻli bilan va naqdsiz shaklda – talab qilib olinguncha depozit hisob raqamlari orqali, shu jumladan plastik kartochkalar orqali ham amalga oshiriladi, bunda aksiyalar uchun pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladigan toʻlovlar «Turonbank» ATB Markaziy amaliyot boshqarmasidagi quyidagi hisob raqamga qabul qilinadi:

H/r: 29830 000 2 00000 446 354, MFO 00446, STIR 201 055 108;

Bank joylashgan manzil: Toshkent shahri, Abay koʻchasi, 4a uy.

Aksiyalar uchun naqd shakldagi toʻlovlar «Turonbank» ATBning barcha filiallari tomonidan qabul qilinadi.

«Turonbank» ATB aksiyadorlari olishga xaqli boʻlgan aksiyalarning sonini aniqlash tartibi quyidagi formulaga asosan aniqlanadi:

A/579 081 655 =B

29 891 201 *B=C

Shunda:

579 081 655 – Bank ustav kapitalidagi umumiy aksiyalar soni

29 891 201 – qoʻshimcha chiqarilgan aksiyalar umumiy soni

A – aksiyadorning Bank ustav kapitalidagi aksiyalari soni

V – Bank ustav kapitaliga mutanosib ravishda aksiyalar soni

C – imtiyozli huquq qoʻllanilganda aksiyador tomonidan cotib olinadigan aksiyalar soni.

Qoldiq hosil boʻlgan hollarda, qoldiq son 5 (besh) dan ortiq boʻlsa koʻpaygan tomonga, 5 (besh) dan kam boʻlsa kamaygan tomonga butlanadi.

Aksiyadorlar, qoʻshimcha maʼlumotlar olish uchun bankning Gʻaznachilik va qimmatli qogʻozlar departamentiga murojaat qilishlari mumkin.

Maʼlumot uchun telefonlar: +998 71 202 01 01 ichki raqam:124".

Reklama huquqi asosida

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер