Turkmanistonda ikki palatali parlament tuziladi
Turkmanistonda Xalq Maslahati (Xalq Kengashi) bir ovozdan mamlakatda ikki palatali parlament yaratishni nazarda tutuvchi “Turkmaniston Konstitutsiyasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasini maʼqulladi.
TDX agentligi xabariga koʻra, ogʻir epidemiologik vaziyat tufayli mamlakatda Xalq kengashi yigʻilishi birinchi marotaba masofadan turib oʻtkazilgan.
Unda Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov qonun loyihasini muhokama qilgach, Xalq Kengashining hujjatni tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorini ovozga qoʻygan. Natijada hujjat bir ovozdan qabul qilingan.
Shundan soʻng Berdimuhamedov Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi mamlakatni demokratlashtirish yoʻlidagi yana bir muhim qadam boʻlishini taʼkidlagan.
Qayd etilishicha, endi yangi ikki palatali turkman parlamenti Turkmanistonning Milliy Gengeshi (Milliy Kengashi) deb nomlanadi. Loyiha uni qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiruvchi va ikki palatadan - Xalq Maslahati va Majlisdan iborat vakillik organi sifatida belgilaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring