Turkiyadagi kutubxonada Alisher Navoiy miniatyurasi topildi

05:50 01 Mart 2025 Jamiyat
283 0

Alisher Navoiy asrlar osha turkiy til va adabiyot taraqqiyotida ulkan o‘rin tutgan. Turkiyada Usmoniylar davrida buyuk shoir asarlari qayta-qayta ko‘chirilgan, uning g‘azallariga yuzlab naziralar yozilgan. Usmoniylar davri shoirlari Alisher Navoiy tili va uslubiga yaqin lahjada ijod qilishgani ham uning ta’siridan dalolat beradi. 

O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan bunyod etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi olimlari turli davrlarda yaratilgan miniatyuralar ustida tadqiqotlar olib bormoqda. Yaqinda markaz tadqiqotchilari Istanbulda ishlangan Alisher Navoiy miniatyurasi haqida ma’lumot topishdi. 

Markaz ilmiy kotibi Rustam Jabborovning ta’kidlashicha, ushbu noyob miniatyuraning asl nusxasi Anqaradagi Millat kutubxonasida saqlanadi. Mazkur kutubxona Prezident Rejep Tayyip Erdog‘an tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, Usmoniylar davriga oid ko‘plab tarixiy manbalarni o‘zida jamlagan. 

Markaz axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra tadqiqotchilar mazkur miniatyuraning faksimil nusxasini tayyorlash ustida ish olib bormoqda. U kelgusida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ekspozitsiyasida namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Zebo JUMAYEVA,

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер