Turkiyada virus tashuvchi xavfli chivinlar paydo boʻldi

10:57 25 Sentyabr 2020 Dunyo
1051 0

Turkiyalik mutaxassislar mamlakatda Osiyo yoʻlbars chivinining tez tarqalish holatini qayd etishdi, deb yozadi Sputnik.

Maʼlum qilinishicha, Istanbulning katta tumanlarida xavfli hasharotlarning toʻplanishi aniqlandi, ular ilgari hududda boʻlmagan. Tadqiqotchilarning fikriga koʻra, bu turdagi chivinlar oʻta moslashuvchan.

“Bu chivinlar kun boʻyi, ayniqsa, odamlar ochiq havoda boʻlganda hujum qiladi. U boshqa chivinlarga qaraganda ancha tajovuzkor, sariq isitma va Zika virusi kabi kasalliklarni tashishi mumkin", — deydi Istanbul universiteti dotsenti Kerem Etera.

Uning soʻzlariga koʻra, bu kabi kasalliklarga chalinish xavfidan tashqari, Osiyo yoʻlbars chivinining chaqishi allergik reaksiyani kuchaytirib, uzoq vaqt qichishish va qizarishni keltirib chiqaradi.
 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер