Turkiyada turizm sohasida ishlaydigan barcha xodimlar toʻliq emlanadi
Turkiyadagi turizm sohasida ishlovchi xodimlarni toʻliq emlash ishlari boshlandi. Bu ishlar ushbu mamlakatning madaniyat va turizm, sogʻliqni saqlash vazirliklari hamda Turizmni targʻib qilish va rivojlantirish agentligi (TGA) bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.
Emlash dasturi doirasida birinchi navbatda aviakompaniyalar va aeroport xodimlari, turar joy binolari, sayyohlik agentliklari xodimlari hamda professional gidlar emlanadi. Butun sayyohlik sohasida ishlovchi xodimlarni emlash ishlari joriy yilning yoz mavsumigacha yakunlanadi.
“Xavfsiz turizmni sertifikatlash dasturi” doirasidagi vaksinalash dasturi yaqinlashib kelayotgan yoz mavsumi uchun xalqaro sayohatchilarni kutib olish hamda turizm xodimlari va aholi salomatligi va xavfsizligini taʼminlashni maqsad qilgan.
2020-yil iyun oyida “Xavfsiz turizmni sertifikatlash dasturi” ishga tushirilgandan buyon Turkiya sogʻliq va xavfsizlik boʻyicha qatʼiy koʻrsatmalarga amal qilmoqda va xavfsizlikni taʼminlash uchun barcha chora-tadbirlarini koʻrmoqda. Mavsum ochilishidan oldin Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan mamlakatdagi turizm xizmatlarining yil davomida ochiq qolishini taʼminlash maqsadida turizm sohasi xodimlarini emlash dasturiga kiritish ishlari boshlandi. Emlash dasturi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda amalga oshiriladi. Turizm xodimlarini emlash dasturi ustuvor yoʻnalishlarga muvofiq va “Xavfsiz turizmni sertifikatlash dasturi” doirasida boshlandi.
Covid-19ga qarshi kurashish va dunyoning eng xavfsiz joylaridan biri sifatida oʻz mavqeini yana-da oshirish boʻyicha davomli saʼy-harakatlar doirasida Turkiya dunyodagi birinchi va eng muvaffaqiyatli misollardan biri boʻlgan “Xavfsiz turizmni sertifikatlashtirish dasturi”ga investitsiya kiritishda davom etmoqda. Mamlakat sertifikatlash koʻlamini kengaytirib, 30 yoki undan ortiq xonalarga ega boʻlgan mehmonxonalar uchun ushbu dasturni majburiy qildi. Hozirgi kunga qadar 8000dan ortiq obyektlar sertifikatlangan.
Mamlakat turistik sayohatlarda V shaklidagi tiklanishni kutayotganligi sababli, emlash uchun turizm ishchi kuchi birinchi oʻringa qoʻyilgan. Turkiya 2021-yilda sogʻlom va xavfsiz sayyohlik joylari boʻlishiga ishonch hosil qilish uchun barcha harakatlarni amalga oshirmoqda va xalqaro sayohatchilar uchun xavfsiz sayohat varianti sifatida eng yaxshi tanlovlardan biriga aylanmoqchi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring