Turkiyada “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” oʻtkaziladi
Madaniyat vaziring birinchi oʻrinbosari Bahodir Ahmedovning TURKSOY xalqaro tashkilotining 30 yillik yubileyi doirasida boʻlib oʻtgan navbatdagi uchrashuvi Turkiya Madaniyat va turizm vazirining oʻrinbosari Serdar Cham bilan boʻldi.
Muloqotda tomonlar dastlab, ayni paytdagi madaniy hamkorlik munosabatlarini muhokama qildilar.
Soʻng, har ikki davlat rahbarlari olib borayotgan hamkorlik siyosati doirasida madaniy hamkorliklarni yanada kuchaytirish yuzasidan fikr-mulohaza va takliflar almashildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston tomoni Turkiyada “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” ni oʻtkazish taklifini ilgari surdi.
Turkiya madaniyat vazirligi tomonidan ushbu taklif maʼqullanib, “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” Turkiya Respublikasi mustaqilligining 100-yilligi doirasida tashkil etish va shu doiradagi madaniy tadbirlar bilan birga oʻzbek milliy qadriyatlari, urf-odatlari va anʼanalari namoyishini ham oʻtkazish taklifi bildirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring