Turkiyada oʻta yirik miqdordagi firibgarlik uchun qidiruvda boʻlgan ikki nafar oʻzbekistonlik qoʻlga olindi

15:18 28 Mart 2026 Jamiyat
594 0

Turkiyada oʻta yirik miqdordagi firibgarlik uchun xalqaro qidiruvda boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari qoʻlga olindi. Bu haqda Istanbuldagi Bosh konsulxona matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xususan, 40 yoshli xorazmlik T. R. va 38 yoshli toshkentlik F. A. aniqlanib, hibsga olingan.

— Ushbu shaxslar Oʻzbekiston IIV xodimlari tomonidan qabul qilib olindi va sud oldida javob berishlari uchun mamlakatimizga qaytarildi, — deyiladi xabarda.

Hozirda Oʻzbekistonda jinoyat sodir etib, Turkiya hududida yashirinib yurgan boshqa shaxslarni aniqlash va qoʻlga olish boʻyicha tezkor-qidiruv va huquqiy choralar davom ettirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер