Turkiyada «Omikron» bilan kasallangan Erdoʻgʻonni ijtimoiy tarmoqlarda haqorat qilganlar qidirilmoqda
Foto: Reuters
Istanbul prokuraturasi Turkiya prezidenti Rejep Tayyib Erdoʻgʻonning "COVID-19»ning «Omikron» shtammini yuqtirgani haqidagi bayonotiga javoban haqoratomuz xabarlar joylashtirgan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ustidan tergov boshladi. Bu haqda mahalliy NTV telekanali xabar berdi.
OAV maʼlumotlariga koʻra, kamida bir nafar gumondor allaqachon Istanbulda qoʻlga olingan. U jinoyat ishi ochish uchun yetarli boʻlgan provokatsion va haqoratomuz maʼlumotni chop etishda ayblanmoqda.
Turkiyada prezidentni haqorat qilish toʻgʻrisidagi qonun bor. Unga koʻra, shaxs jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Ushbu qonunbuzarlik bir yildan toʻrt yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oldinroq, Turkiya prezidenti Rejep Tayyib Erdoʻgʻonning «Omikron» shtammini yuqtirgani, keyin esa Turkiya Respublikasi milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar ham “COVID-19” bilan zararlangani haqida xabar bergan edik.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring