Turkiyada ogʻir kasallik bilan kurashayotgan vatandoshimiz Oʻzbekistonga qaytarildi
Turkiyada ogʻir kasallik bilan kurashayotgan 5 yoshli vatandoshimiz Oʻzbekistonga qaytarildi. Bu haqida Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Oʻzbekiston Bosh konsulxonasi va Migratsiya agentligining Turkiyadagi vakolatxonasi koʻmagida 2025-yil dekabr oyidan beri “Acıbadem” xususiy shifoxonasida ogʻir kasallik bilan kurashayotgan 5 yoshli Z.S ismli vatandoshimiz malakali shifokorlar va yaqinlari hamrohligida vatanga qaytarilgan.
“Bemor qiz va uning yaqinlariga tezroq sogʻayib ketishini va mustahkam sogʻlik tilab qolamiz. Shu oʻrinda, soʻnggi paytlarda tibbiy xizmat koʻrsatish niqobi ostida Turkiyada uchrayotgan firibgarlik holatlaridan ogoh boʻlishga chaqiramiz. Vatandoshlarimizdan tibbiy xizmatlar bilan bogʻliq masalalarda ishonchli manbalarga murojaat qilishlarini tavsiya etamiz”, — deyiladi Bosh konsulxona xabarida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring