Turkiyada noyob astronomik disk topildi

14:45 01 Oktyabr 2020 Dunyo
1047 0

Turkiyalik arxeologlar mamlakatning shimoli-gʻarbiy qismida uch yarim ming yillik tarixga ega qadimiy quyosh diskini topishdi.

Trakya universitetining sanʼat tarixi kafedrasi mudiri Engin Beksachning matbuotga maʼlum qilishicha, disk toshdan yasalgan boʻlib, yoshi uch yarim ming yildan kam emas.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, ushbu topilma mahalliy aholining astronomiyani oʻrganganligi, Oy va Quyoshning harakatini shu kabi moslamalar yordamida kuzatganligini isbotlaydi.

Maʼlumot oʻrnida, yaqindagina mamlakatda toʻrt ming yil oldin qurilgan fabrika topilgani haqida maʼlum qilingan, qayta tiklash ishlari Turkiyaning Dengizli provinsiyasidagi tepalikda boʻlib oʻtgan va u yerda aksessuarlar, matolar ishlab chiqaradigan qurilmalar, shuningdek, qoʻl dastgohi hamda eski tegirmon aniqlangan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер