Turkiyada maktablardagi otishmalar boʻyicha 80 dan ortiq kishi qoʻlga olindi
Turkiyaning Qahramonmarash va Shanliurfa shaharlaridagi maktablarda yuz bergan otishmalar boʻyicha olib borilayotgan tergov doirasida 80 dan ortiq kishi qoʻlga olindi. Bu haqda TASS mamlakat Xavfsizlik bosh boshqarmasiga tayanib xabar bermoqda.
“Prokuratura organlari tomonidan Shanliurfa va Qahramonmarashdagi maktablarga qilingan hujumlar munosabati bilan 83 kishini qoʻlga olish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Ijtimoiy tarmoqlardagi 940 ta akkauntga kirish bloklandi, Telegramʼdagi 93 ta guruh yopildi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, mamlakatdagi maktablarda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. Endilikda har bir taʼlim muassasasi oldida kamida ikki nafar politsiya xodimi doimiy ravishda navbatchilik qiladi.
Eslatib oʻtamiz, kecha Qahramonmarashdagi maktablardan birida otishma sodir boʻlgan va buning oqibatida toʻqqiz kishi halok boʻlgan edi.
Seshanba kuni esa Shanliurfa viloyatidagi taʼlim muassasasida ham shunga oʻxshash hujum yuz berib, 16 kishi jarohatlangan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring