Turkiyada ISHID sobiq rahbarining “oʻng qoʻli” hibsga olindi

01:08 03 May 2021 Dunyo
998 0

Turkiya politsiyasi ISHIDning sobiq rahbari Abu Bakr al-Bagʻdodiyning “oʻng qoʻli” boʻlgan jangarini hibsga olgan. Bu haqda mahalliy “Yeni Safak” gazetasi xabar bermoqda.

Maxsus amaliyot turk politsiyasi zobitlari va milliy razvedka tashkiloti xodimlari tomonidan Istanbulning Atashehir tumanida oʻtkazilgan. Jangari uydan chiqqanida hibsga olingan. Bungacha u uzoq vaqt kuzatuv ostida boʻlgan. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari hibsga olingan shaxs yashagan uyida tintuv oʻtkazgan va u yerdan mobil telefonlar, raqamli materiallar va fotosuratlar topilgan.

Jangari uch yil oldin soxta hujjatlar bilan Turkiyaga kirib kelgan. U ISHIDning harbiy infratuzilmasini boshqargan, Suriyada koʻplab hujumlarda qatnashgan va jangarilarni tayyorlashda bosh boʻlgan. Manbada qoʻlga olingan jangarining ismi sharifi haqida maʼlumot berilmagan.

Avvalroq, Afgʻoniston maxsus xizmati xodimlari tomonidan Kobulda ISHID xalqaro terrorchilik tashkiloti rahbarlaridan biri Gʻulom Nosir qoʻlga tushirilgan edi. Qayd etilishicha, Al-Xurosoniy nomi bilan tanilgan Gʻulom Nosir afgʻon radikal toliblar harakatining yetakchisi ham boʻlgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер