Turkiyada bir sutkada "COVID-19"dan rekord darajada oʻlim qayd etildi
Foto: aa.com.tr
1-sentyabr kuni Turkiyada koronavirus asoratlari tufayli 290 kishi hayotdan koʻz yumgan.
Mamlakat Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, bu 6-maydan buyon qayd etilgan eng yuqori koʻrsatkich hisoblanadi. Oʻtgan bir kun ichida 23 946 kishi koronavirus infeksiyasini yuqtirgani maʼlum boʻlgan.
Turkiyada ushbu infeksiyadan vafot etganlarning maksimal soni (394 bemor) joriy yilning 30-aprel kuni qayd etilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring