Turkiyada “Agroexpo” xalqaro qishloq xoʻjaligi va chorvachilik koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi
2023-yil 1 — 5-fevral kunlari Turkiya davlatida “Agroexpo” xalqaro qishloq xoʻjaligi va chorvachilik koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.
Ushbu koʻrgazma Turkiyadagi eng yirik va Yevropadagi toʻrtta yirik qishloq xoʻjaligi koʻrgazmalaridan biri hisoblanadi.
Yarmarkaga Turkiyaning barcha viloyatlaridan fermerlar, mahalliy va xorijiy mutaxassislar, sanoat vakillari taʼshrif buyurishadi.
“Agroexpo” koʻrgazmasida asosan qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash, issiqxona, suv va sugʻorish texnologiyalari, oʻgʻitlar, urugʻlar, koʻchatlar, qishloq xoʻjaligi purkagichlari, shuningdek, ekologik dehqonchilik, agroinformatika, chorvachilik, chorvachilik texnikasi, parrandachilik va boshqa koʻplab mahsulotlar namoyish etiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring