Turkiya va Meksika davlatlari orqali Amerika Qoʻshma Shtatlariga yuborishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oqdaryo tuman boʻlimi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro J.T. fuqaro Sh.A.ning ishonchiga kirib, uni 16 000 AQSH dollari evaziga Turkiya va Meksika davlatlari orqali Amerika Qoʻshma Shtatlariga yuborish uchun viza hujjatlarini rasmiylashtirib berishni vaʼda qilib, oldindan 7 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring