Turkiya tajribasidan kelib chiqqan holda obodonlashtirish va landshaft arxitekturasi boʻyicha ish rejasi muhokama qilindi

18:02 02 Oktyabr 2023 Jamiyat
176 0

Joriy yilning 23-oktabr kuni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri Aziz Abduhakimov Turkiyaning “Minvall Construction”, “ISHIK Peyzaj” va “Meta Peyzaj Planning” landshaft arxitektura kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda landshaft arxitekturasi sohasida dasturiy taʻminot va tizim integratori hamda obodonlashtirish sohasi korporativ sektori, dasturni amalga oshirish uchun mutaxassislarni jalb etish va loyihalarni muvofiqlashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida yangi ishlab chiqarish tarmoqlarini shakllantirish, shuningdek, “Yashil makon” milliy dasturini amalga oshirishga oid maʻlumotlar taqdim etildi. Xususan, shahar va aholi punktlarini koʻkalamzorlashtirish boʻyicha ish rejasi koʻrib chiqilib, 2030-yilgacha “yashil” iqtisodiyotga oʻtish boʻyicha qabul qilingan strategiyaning muhim jihatlari, samarali va ekologik toza iqtisodiyotni taʻminlashda oʻzaro bogʻliq muammolar va ehtiyojlar mavjudligi qayd etildi.

Qolaversa, yirik shaharlar, shaharchalar va boshqa aholi punktlari boʻylab yashil bogʻlar, yashil belbogʻlar, yashil hududlarni muhofaza qilish muhimligi, mahalliy tadbirkorlar uchun ham, xorijiy investorlar uchun ham yashil hududlar yaratish tashabbusi alohida taʻkidlandi.

Qayd etish joizki, Aziz Abduhakimov turk kompaniyalari tomonidan amalga oshirilayotgan bogʻlar va daraxtzorlarni obodonlashtirish boʻyicha loyihalarni ijobiy baholab, ekologik toza zonalar yaratish boʻyicha bir qancha obyektlar bilan tanishishni taklif qildi.

Maʻlumot uchun, “Minvall Construction”, “ISHIK Peyzaj” va “Meta Peyzaj Planning” zamonaviy arxitektura, shahar dizayni va landshaft arxitekturasi sohasidagi turk innovatsion kompaniyalari boʻlib, shuningdek, turar-joy maydonlari qurish bilan shugʻullanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер