Turkiya qirgʻoqlari yaqinida yuk tashuvchi kemada portlash sodir boʻldi
Foto: Reuters
Qora dengizning Turkiya qirgʻoqlari yaqinida yuk kemasida portlash sodir boʻldi. Bu haqda “Al-Hadas” telekanaliga xabar bermoqda.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, portlashga gaz sizib chiqishi sabab boʻlgan. Ekipaj aʼzolari qutqaruv xizmatiga qoʻngʻiroq qilishga muvaffaq boʻlishgan. Kemada boʻlgan 16 kishi kasalxonaga yotqizilgan. Kema kapitani bedarak yoʻqolganlar roʻyxatida ekani aytilmoqda.
Maʼlum qilinishicha, yuk kemasi Panama bayrogʻi ostida Trabzon portiga koʻmir olib kelayotgan edi. Ekipajning aksariyati misrliklar boʻlgan. Kema ekipaji orasida Albaniya, Gruziya va Ukraina fuqarolari ham boʻlgan. Kema kapitanini qidirish davom etmoqda.
Avvalroq, Janubiy Afrika Respublikasining Gauteng provinsiyasida yoqilgʻi tashuvchi avtomashinaning portlashi oqibatida 10 kishi halok boʻlgan edi. Voqea joyiga yetib kelgan oʻt oʻchiruvchilar yongʻinni oʻchirishga harakat qilishgan, biroq tez orada tanker portlab ketgan, natijada bir necha kishi, jumladan, qutqaruvchilarning oʻzlari ham halok boʻlgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring