Turkiya prezidentligiga sobiq nomzod saylovning navbatdagi bosqichida Erdogʻanni qoʻllab-quvvatlaydi
Foto: AP
Turkiya prezidentligiga sobiq nomzod Sinan Ogan prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichida amaldagi prezident Rejep Tayyip Erdogʻanni qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qildi.
“Sinan Ogan bugun saylovning ikkinchi bosqichida Prezident Erdogʻanni qoʻllab-quvvatlashini eʼlon qiladi”, deyiladi manbada.
Shu yilning 14-may kuni Turkiyada boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovining birinchi bosqichida Erdogʻan 49,5 foiz ovoz bilan Qilichdarogʻluni (44,89 foiz) ortda qoldirgan edi. Ogan esa 4,32 foiz ovoz toʻplagan.
Ammo nomzodlardan birortasi 50 foizdan koʻp ovoz olmagani uchun saylovning ikkinchi bosqichini oʻtkazishga qaror qilindi. Siyosiy tadbir shu yilning 28-may kuni boʻlib oʻtadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring