Turkiya karantin choralarini yumshatishga kirishmoqda
17-maydan boshlab Turkiyada karantin cheklovlari yumshatiladi. Bu haqda “Anadolu” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, xususan, jamoat transporti orqali shaharlararo sayohatlarga ish vaqtidan tashqarida 50 foiz bandlik bilan ruxsat beriladi. Shu bilan birga, voyaga etmaganlar va 65 yoshdan katta odamlar uchun bunday sayohatlar hali ham taqiqda qolmoqda.
Savdo markazlari va xoʻjalik mollari doʻkonlari ish kunlari soat 10.00 dan 20.00 gacha ishlaydi. Oziq-ovqat doʻkonlari va bozorlar dam olish kunlari faqat soat 10.00 dan 17.00 gacha faoliyat koʻrsatadi.
Shu bilan birga, ish kunlari soat 21.00 dan 5.00 gacha va dam olish kunlari 24 soatlik komendantlik soati 1-iyunga qadar amalda qoladi.
Ushbu tartib-qoidalar sayyohlarga taalluqli emasligi taʼkidlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring