Turkiya Indoneziyaga “Xon” ballistik raketalarini yetkazib beradi

23:43 10 Noyabr 2022 Dunyo
1120 0

Foto: Roketsan/thedefensepost.com

Turkiya Indoneziyaga “Xon” ballistik raketalarini yetkazib beradi

Turkiyaning raketa ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Roketsan” harbiy-sanoat kompaniyasi Indoneziya Mudofaa vazirligi bilan mamlakatga masofadan turib nishonlarga zarba bera oladigan yangi “Xon” ballistik raketalarini yetkazib berish boʻyicha shartnoma imzoladi. 

Manbaga koʻra, kelishuv Jakartada boʻlib oʻtgan “Indo Defense Expo & Forum” doirasida imzolangan. Shartnoma qiymati va yetkazib berish hajmi oshkor etilmagan.

Raketani mijozning xohishiga koʻra gʻildirakli vositadan va boshqa tizimlardan uchirishga moslashtirilishi mumkin. U 280 kilometr uzoqlikdagi nishonni yoʻq qilish imkoniyatiga ega.

Nashrga koʻra, Indoneziya harbiy-dengiz kuchlari Turkiyaning “Atmaca” kemaga qarshi raketa tizimlariga ham qiziqish bildirmoqda.

Avvalroq Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan Turkiyada ishlab chiqarilgan ballistik raketalar parvoz masofasini oshirilishini aytgan edi. Uning soʻzlariga koʻra, Turkiyaning “Tayfun” raketasi sinovlar davomida 561 km masofani koʻrsatgan. Biroq bu chegara emas.

Erdogʻan, shuningdek, yaqinda Turkiyaning “Cenk” va “Traveler” raketalari haqida “yaxshi xabar” boʻlishini aytib oʻtdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер