Turkiya fuqarosi 14 oydan beri “COVID-19”dan qutila olmayapti
Illyustrativ foto
Turkiyaning Istanbul shahrida yashovchi Muzaffer Kayasan koronavirus yuqtirib olib, 14 oydan beri karantinda qolmoqda. Chunki Kayasan topshirgan barcha testlar unda hamon kasallik borligini koʻrsatmoqda.
Manbaga koʻra, Muzaffer Kayasan 2020-yilning noyabr oyida koronavirusga chalingan. Oʻshandan beri 78-marta test topshirdi va ularning barchasida hamon uning organizmi kasallikdan xalos boʻlmaganini koʻrsatdi. Karantinda qolishdan charchagan erkak yordam soʻrab rasmiylarga murojaat qildi.
U uch yil avval suyak iligi koʻchirib oʻtkazish operatsiyasini boshidan oʻtkazgan.
“Olimlar va shifokorlardan soʻrasak ular leykemiya bilan kasallanganligim tufayli mening immun tizimim zaiflashganini aytishdi va ular dori-darmonlar bilan oʻn toʻrt oydan beri mening hayotimni qoʻllab-quvvatlashmoqda. Bu juda murakkab jarayon”, deydi Kayasan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring