“Turkiy tilli yoshlar” xalqaro festivali 11-15-iyul kunlari Qoʻqon shahrida boʻlib oʻtadi
Festival doirasida kitobxonlik kuni, milliy va etnosport turlari boʻyicha sport musobaqalari, madaniy-koʻngilochar tadbirlar, yoshlar bilan taniqli teatr va kino ijodkorlarining ijodiy muloqotlari ham tashkil etiladi.
Tadbir Fargʻona viloyati hokimligi, Madaniyat va turizm vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Xalqaro Turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOY bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
Asosiy tadbirlar Qoʻqon universiteti hududida boʻlib oʻtishi rejalashtirilayotgan xalqaro festivalga Respublikamizning barcha hududlaridan, shuningdek, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston va Turkiyadan jami 200 nafardan ziyod faol yoshlar va talabalar taklif etilgan.
Festival doirasida kitobxonlik kuni, milliy va etnos port turlari boʻyicha sport musobaqalari, madaniy-koʻngilochar tadbirlar, ijodkorlarining ijodiy muloqotlari ham tashkil etiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring