Turkiy davlatlar tashkiloti taʼlim vazirlari Samarqandda uchrashadi

13:44 08 Iyun 2023 Siyosat
607 0

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan joriy yilning 13-14-iyun kunlari Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo davlatlar taʼlim vazirlarining VII yigʻilishi tashkil etilmoqda.

Mazkur tadbirdan koʻzlangan maqsad –Turkiy davlatlar tashkiloti aʼzo mamlakatlari oʻrtasida taʼlim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va umumiy ustuvor vazifalarni belgilab olishdan iborat.

Ushbu nufuzli tadbirda Oʻzbekiston, Turkiya, Qirgʻiziston, Ozarbayjon, Qozogʻiston taʼlim vazirlari va Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi hamda Xalqaro Turkiy akademiya prezidenti maslahatchisining ishtirok etishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер