Turizmni rivojlantirish boʻyicha viloyatlar oʻrtasida 13 ta memorandum imzolandi

00:11 12 Dekabr 2020 Jamiyat
1056 0

Prezidentning turizm sohasini rivojlantirish va aholining  jismoniy faolligini oshirish borasidagi topshiriq ijrosini taʼminlash hamda pandemiya sharoitida ichki turizm imkoniyatlaridan foydalanish  maqsadida Navoiy viloyati hokimligi  tashabbusi bilan Qoraqalpogʻiston  Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri   hokimliklari oʻrtasida jami 13 ta hamkorlik memorandumi imzolandi.

Hamkorlik memorandumini imzolash maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarida boʻlgan Navoiy viloyati hokimligi hamda Navoiy viloyati Turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasi masʼullari ichki turizmni rivojlantirish bilan xorijlik  sayyohlar oqimini oshirish borasida oʻzaro hamkorlikning istiqbollari,  targʻibot-tashviqot ishlarini  yoʻlga qoʻyishda ishga solinmagan imkoniyatlar xususida fikr almashdilar.

Imzolangan memorandumlarga asosan viloyatlar oʻrtasida “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil” dasturi doirasida oʻzaro sayohatlar tashkil qilish shuningdek, hududlarning turistik salohiyatini mahalliy ommaviy axborot vositalari, veb-saytlar va boshqa  ijtimoiy tarmoqlarda keng targʻib qilish belgilab olindi.

Mazkur kelishuvlarga koʻra  kelgusi yilda Navoiy viloyati 220 ming nafardan ortiq sayyoh yurtdoshlarimizni qabul qilish va boshqa viloyatlarga joʻnatishni oʻz zimmasiga olgan.

Temur ESHBOYEV,

(“Xalq soʻzi”).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер