Tuproq tahliliga asoslangan aqlli oʻgʻitlash dasturi yoʻlga qoʻyildi

14:50 12 Sentyabr 2022 Jamiyat
636 0

Sirdaryo yoshlar texnoparki qishloq xoʻjaligi sohasida tuproq tahlili orqali agrotexnik tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Sirdaryo yoshlar texnoparki qishloq xoʻjaligida hosildorlikni oshirish maqsadida tuproq tahliliga asoslangan aqlli oʻgʻitlash dasturini yoʻlga qoʻydi. 

Tuprogʻi tahlil qilingan qishloq xoʻjaligi subyektlarining (fermer xoʻjaliklari, klasterlar, yirik issqixona va bogʻlar) agrokimyoviy raqamlashtirilgan xaritasi tuzilib, maxsus dastur orqali oʻrganib boriladi.

Buning natijasida hosildorlik bir gektar paxta dalasida 5-10 sentnergacha va bir gektar bugʻdoy dalasida 10-20 sentnergacha ortadi.

Nafaqat Sirdaryo viloyati, balki butun respublikadagi qishloq xoʻjaliklarida tuproq tahlili va agrotexnik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер