Tungi reydda “tutilganlar”

12:25 19 Noyabr 2020 Jamiyat
1081 0

Garchi, respublikamizda karantin qoidalari yumshatilgan boʻlsa-da, pandemiya xavfi ortda qolgani yoʻq. Bu esa joylarda karantin qoidalariga qatʼiy amal qilishni talab etadi. Afsuski, koʻpchilik yurtdoshlarimiz bu borada eʼtiborsizlikka yoʻl qoʻymoqdalar. Qoʻrgʻontepa tumani ichki ishlar boʻlimi tomonidan ana shunday qoidalar ustuvorligini oʻrnatish maqsadidagi reydlar davom etmoqda. Bu gal tungi vaqtda oʻtkazilgan reyd davomida bemaqsad yurgan fuqarolar, ish vaqtidan tashqari paytda xizmat koʻrsatayotgan savdo doʻkonlari sotuvchilari, koʻngilochar maskanlar egalari ogohlantirildilar.

— Uch-toʻrt ulfat koʻchada gaplashib oʻtirib, vaqt allamahal boʻlganini sezmay qolibmiz, — deydi Qoʻrgʻontepa tumanidagi “Navroʻz” MFY da istiqomat qiluvchi oʻsmir yigit A. B. — Ichki ishlar xodimlari kechki soat 10:00 dan keyin koʻchada bemaqsad yurish maqsadga muvofiq emasligini, majbur holatlarda koʻchaga chiqqanda ham karantin qoidalariga amal qilishimiz shartligi haqida ogohlantirdilar.

Tun boʻyi oʻtkazilgan tadbir davomida 50 nafar qoʻrgʻontepaliklar ogohlantirildilar.

Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер