Tumandagi kanallarni betonlash rejasi 61 foizga bajarilgan, xolos. Bu viloyatdagi eng yomon koʻrsatkich
Sirdaryoning Sayxunobod tumanida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
Sayxunobodning 19 kilometr hududidan Sirdaryo oqib oʻtgani uchun, “suv tekin” degan tushuncha oʻrnashib qolgan.
Tumanda 89 ta sholichilik fermer xoʻjaligida na lazerli tekislagich, na hisob-kitob bor. Shu oʻrinda, tumandagi 3 ming gektar sholi maydonlarida hosildorlik gektariga atigi 50 sentnerni tashkil qilmoqda.
Kanallarni betonlash rejasi 61 foizga bajarilgan, xolos. Bu viloyatdagi eng yomon koʻrsatkich.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring