Tuman hokimlarining yer ajratish va qaytarib olish haqida qaror qabul qilish vakolati toʻliq bekor qilinadi

07:57 04 Iyun 2021 Iqtisodiyot
1199 0

Bu haqda kecha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan yer munosabatlarini takomillashtirish masalalari yuzasidan oʻtkazilgan yigʻilishda aytib oʻtildi.

Yigʻilishda yer ajratilishi va undan foydalanilishi ustidan nazorat mexanizmlarini takomillashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Jumladan, tuman hokimlarining yer ajratish va qaytarib olish haqida qaror qabul qilish vakolati toʻliq bekor qilinadi. Viloyat hokimining yer munosabatlariga doir barcha qarorlari adliya boshqarmasida huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladi.

Shu bilan birga yer sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlikni kuchaytirish taklif etilmoqda.

Davlatimiz rahbari sohada qonun ustuvorligini taʼminlash shart ekaniga yana bir bor urgʻu berib, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер