Tuman hokimi ezgu tashabbusga bosh boʻldi

18:03 02 Noyabr 2022 Jamiyat
674 0

Foto: Xalq so‘zi

Gap shundaki, Fargʻona viloyati Bagʻdod tumani hokimi farmoyishi asosida hokimlik binosi qoshida zamonaviy kutubxona tashkil etildi.

Shu maqsadda maʼrifat maskaniga “Fargʻona kitob olami” MCHJdan qonun ijodkorligi, iqtisod va huquq, siyosatshunoslik, zamonaviy davlat boshqaruvi kabi muhim sohalarga oid kitoblar, oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalari, madaniy tariximizni aks ettiruvchi asarlardan iborat qariyb 400 nomdagi eng sara adabiyotlar xarid qilindi.

2023-yilning dastlabki choragida kutubxona fondini boyitish uchun yana 20 mln. soʻm mablagʻ ajratilishi hamda 450 nomdagi yangi kitoblar xarid qilinishi koʻzda tutilmoqda.

— Inson qaysi soha yoki vazifada mehnat qilishidan qatʼi nazar, kitob oʻqishi, muntazam ravishda mutolaa zavqidan bahramand boʻlib borishi kerak, — deydi Bagʻdod tumani hokimi Yusufjon Husainov. — Ayniqsa, hokimlik tizimida ishlaydigan mutaxassislarda ushbu koʻnikma yaxshi shakllangan boʻlsa, bu ish faoliyatida juda ham qoʻl keladi.

Shuning uchun kutubxona fondini yildan-yilga kengaytirib borish va tumanda kitobxonlik darajasini yuksaltirishni maqsad qilganmiz.

 

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер