Tulada 1 ming 300 nafar tikuvchiga ehtiyoj bor
Tashqi mehnat migratsiya agentligining Tula oʻlkasidagi vakili va Tula sanoat va savdo vaziri oʻrtasida uchrashuv oʻtkazildi.
Rossiya tomoni Tula oʻlkasidagi yirik salohiyatli ish beruvchilar bilan aloqalar oʻrnatishda, bugungi kunda talab etilayotgan mutaxassisliklar boʻyicha ishga jalb qilishda koʻmaklashishini bildirdi.
Shuningdek, yengil sanoatda kadrlar yetishmasligi, ayniqsa bugungi kunda 1 ming 300 nafar tikuvchi zarurligi va oʻquv markazi tashkil etish yoki mavjudlariga oʻqitishga hamda kelgusida ishga joylashtirishda hamkorlik qilish boʻyicha kelishib olindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring