Tugʻilganlik guvohnomasi xonadonga yetkazib berildi

12:16 01 Iyun 2020 Jamiyat
1335 0

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Davlat xizmatlari agentligi Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan oʻgʻil-qizlarga tugʻilganlik haqidagi guvohnoma va sovgʻalar ulashildi.

Inson tugʻilgan kundan boshlab ijtimoiy hayotga qadam qoʻyadi. Ulgʻaygan sari esa uning ehtiyojlari koʻpayib boradi. Hozirgi kunda tugʻilganlik guvohnomalarini qayd etishdan tortib, umrining oxirigacha boʻlgan davrdagi hujjatlar harakatlanishi Davlat xizmatlari agentligi tomonidan amalga oshirilmoqda. Eʼtiborli jihati, bunda xizmatlar koʻp hollarda aholining uzogʻini yaqin qilish hamda nogironligi bor ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga qulayliklar yaratish maqsadida joylarda sayyor koʻrinishda taqdim etilmoqda. Uychilik Mirzohid Husanov farzandi dunyoga kelgandan keyin unga tugʻilganlik haqida guvohnoma olish uchun yaqinda tuman FHDYO boʻlimiga murojaat qilgan edi. Chaqaloqning hujjati uning ota-onasiga sayyor tarzda oʻzining yashash xonadonida esdalik sovgʻasi bilan birga tantanali ravishda topshirildi.

Tumanning Yangichek mahallasida yashovchi 2011-yil tugʻilgan Behruzbek Badalovni tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi ehtiyotsizlik oqibatida yoʻqolgan edi. Turli yumushlar bilan andarmon boʻlgan oila sohiblari uni tiklashni yoddan chiqarishgan. FHDYO boʻlimi bu xonadonga ham yordamga keldi.Bolalarni himoya qilish kuni oldidan oʻtkazilgan sayyor xizmat chogʻidaBehruzbek yangi metrka oldi. Shu kuni 5 nafar tugʻilgan chaqaloqqa yangi va 2 nafar guvohnomasi yuqolgan bolalarga takroriy tugʻilish guvohnomasi “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakatining bayram tuhfalari bilan birga FHDYO boʻlimi tomonidan ularning turarjoylariga yetkazildi.

Qudratilla NAJMIDDINOV,
“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер