Transport vazirligida Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

00:01 24 Yanvar 2023 Siyosat
615 0

Foto: Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi

Oʻzbekiston Transport vazirligida Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (IKAO) Yevropa va Shimoliy Atlantika mintaqaviy byurosi direktor oʻrinbosari Exan Naxmedov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Muloqot chogʻida Oʻzbekistonda parvozlar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha nazoratni tashkil etish ustidan doimiy monitoring mexanizmi doirasida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan navbatdagi audit tekshiruvi oʻtkazilishi muhokama etildi.

IKAOning navbatdagi auditiga tayyorgarlik koʻrish, tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar koʻrib chiqildi. Oʻzbekistonda avvalgi oʻtkazilgan audit (2017-yil)dan soʻng olib borilgan islohotlar, erishilgan yutuqlar yuzasidan fikr almashildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер