Transport va logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi
12-sentabr kuni Transport vaziri Ilxom Maxkamov Rossiya Federatsiyasi transport vaziri oʻrinbosari D.Zverev bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda transport va logistika sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Jumladan, xalqaro avtomobil tashuvlari uchun ruxsatnoma blankalari sonini koʻpaytirish, ikki davlat shaharlari oʻrtasidagi reyslar chastotasini oshirish va Toshkent - Janubiy-Saxalinsk yangi yoʻnalishini ochish, mamlakatlar oʻrtasida Oʻzbekiston – Turkmaniston – Kaspiy dengizi – Rossiya multimodal yoʻnalishida eksport-import yuk tashuvlarini tashkil etish hamda hamkorlikning boshqa masalalari koʻrib chiqildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring