Transformatorlarda qoʻshimcha texnologik yoʻqotishlarni oldini olish maqsadida sinov amaliyoti oʻtkazildi

16:39 03 Yanvar 2024 Jamiyat
438 0

“Oʻzenergoinspeksiya” Fargʻona viloyat boshqarmasi tomonidan Fargʻona viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda aholi yashash hududlarini elektr energiyasi bilan taʼminlovchi transformatorlarda elektr energiyasini qoʻshimcha texnologik yoʻqotishlarini oldini olish maqsadida sinov amaliyoti oʻtkazildi.

Mazkur tajriba Fargʻona shahar, “16-Oybek” MFYdagi 94-sonli transformatorning 0,4 kV taqsimlash qurilmasiga umumiy quvvati 120 kVAr boʻlgan reaktiv quvvat isteʼmolini kompensatsiyalovchi qurilma oʻrnatildi.

Buning natijasida transformatordan chiquvchi tarmoqdagi yoʻqotishlar kamaydi, undagi kuchlanish esa koʻtarildi. Jumladan, elektr energiyasini uzatishda 10/6/0,4 kV tarmoqda qoʻshimcha texnologik yoʻqolishlar bir kunga 640 kVt-soatdan 592 kVt-soatga, bir oy davomida esa 19 ming 206 kVt-soatdan 17 ming 760 kVt-soatga kamayishiga erishildi.

Maʼlumot oʻrnida eslatib oʻtamiz, reaktiv quvvatni kompensatsiya qilinmasligi natijasida elektr tarmoqlaridan reaktiv quvvat oʻtishi qoʻshimcha texnologik yoʻqotishlar paydo boʻlishi, kuchlanish va chastotaning pasayishiga olib keladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер