Trampning maxsus elchisi Putin bilan uchrashmoqchi
Foto: Reuters
Trampning maxsus elchisi Stiv Uitkoff shu hafta Vladimir Putin bilan muzokaralar olib borish uchun Moskvaga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Bloomberg” va “Reuters” oʻz manbalariga tayanib xabar tarqatdi.
“Uning safari Ukraina rasmiylari, AQSH Davlat kotibi Marko Rubio va Saudiya Arabistonidagi milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchi Maykl Uolts oʻrtasidagi uchrashuvlarga toʻgʻri keladi”, — deb yozmoqda “Bloomberg”.
“Axios” jurnalisti Uitkoffning uchrashuv jadvaliga eʼtibor qaratib, Rossiya prezidenti bilan muzokaralar 13-mart kuni boʻlib oʻtishi mumkinligini aytdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring