Trampning Gʻazo sektorida tinchlikka erishish imkoniyati Baydennikiga qaraganda koʻproq — WSJ

14:47 09 Dekabr 2023 Dunyo
450 0

Foto: Reuters

AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampning Gʻazo sektoridagi mojaroni hal etish imkoniyatlari Oq uyning hozirgi rahbari Jo Baydennikiga qaraganda koʻproq.

Bu “Wall Street Journal“ nashri tomonidan oʻtkazilgan soʻrov natijalarida maʼlum boʻldi.

Soʻrov natijalariga koʻra, respondentlarning 44 foizi Tramp Falastin — Isroil mojarosini hal eta oladi, deb hisoblaydi. Shu bilan birga, respondentlarning 32 foizi Bayden Yaqin Sharqdagi inqirozni bartaraf eta olishiga ishonadi. Soʻrov 29-noyabr — 4-dekabr kunlari roʻyxatga olingan 1500 nafar saylovchi oʻrtasida oʻtkazildi.

Yaqin Sharqdagi vaziyat 7-oktyabr kuni Gʻazo sektoridan Isroilga Falastinning HAMAS harakati jangarilarining kirib kelishi, Isroil bilan chegaradosh hududlar aholisining oʻldirilishi va 200 nafardan ortiq, jumladan, bolalar, ayollar va qariyalarning garovga olin olinishi bilan keskin yomonlashdi. HAMAS hujumni Isroilning Quddusdagi Al-Aqso masjidiga qarshi harakatlariga javob deb atadi.

Isroilda, rasmiylarning soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, HAMAS hujumlari oqibatida taxminan 1,2 ming kishi halok boʻlgan, bu raqam tinch aholi, askarlar, chet el fuqarolari va ishchilarni oʻz ichiga oladi. Shuningdek, 5 mingdan ortiq odam tan jarohati olgan.

Bunga javoban Isroil mudofaa kuchlari Gʻazo sektorida HAMASga qarshi “Temir qilichlar” operatsiyasini boshladi. Bir necha kun ichida Isroil harbiylari Gʻazo bilan chegaraga yaqin boʻlgan barcha aholi punktlarini nazorat ostiga oldi va chiziqdagi nishonlarga, jumladan, tinch aholiga havodan zarbalar berishni boshladi. Shuningdek, Isroil Gʻazo sektorini toʻliq blokadaga olganini eʼlon qildi: suv, oziq-ovqat, elektr energiyasi, dori-darmon va yoqilgʻi yetkazib berish toʻxtatildi.

Oktyabr oyining oxirida Isroilning anklavdagi operatsiyasining quruqlik bosqichi boshlandi. Gʻazo shahri Isroilning quruqlikdagi kuchlari tomonidan oʻrab olingan va anklav amalda janubiy va shimoliy qismlarga boʻlingan.

Isroil hujumlari boshlanganidan beri Gʻazo sektorida halok boʻlganlar soni 16 mingdan oshdi, 35 mingdan ortiq kishi jarohat oldi. HAMAS Gʻazo sektorida 200-250 nafarga yaqin odamni garovda ushlab turgani daʼvo qilindi. Sulh tugaganidan keyin Isroil hukumati 126 nafar isroillik va 11 nafar xorijlik HAMAS qoʻlida qolayotganini, garovga olinganlarning 110 nafari esa qoʻyib yuborilganini maʼlum qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер