Tramp xayoliy ambitsiyalari bilan mintaqani beqarorlikka tortdi — Larijoniy
Eron Milliy xavfsizlik kengashi kotibi Ali Larijoniy AQSH prezidenti notoʻgʻri qarorlari ortidan Isroil manfaatlariga xizmat qilayotganini taʼkidladi.
Larijoniyning soʻzlariga koʻra, Donald Tramp xayoliy ambitsiyalari bilan mintaqada beqarorlik keltirib chiqargan.
“Tramp amerikaliklar qurbon boʻlishi mumkinligidan xavotir bildirayotganini aytmoqda. U Isroilning kuch-qudratga intilishi yoʻlida amerikalik harbiylarni qurbon qildi”, — degan Larijoniy.
Shuningdek, u yangi uydirmalar orqali oʻz shaxsiy siyosiy manfaatlari ortidan keladigan oqibatlarni amerikalik askarlar va ularning oilalari zimmasiga yuklayotganini qoʻshimcha qilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring