Tramp ketayotgan samolyot nosozlik yuzaga kelganligi sababli favqulodda qoʻnishga majbur boʻldi

02:11 10 Mart 2022 Dunyo
1455 0

Foto: AP

Bortida AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp boʻlgan samolyot Meksika koʻrfazi ustidagi havo hududida dvigatelida yuzaga kelgan nosozlik sababli Nyu-Orleanga favqulodda qoʻnishga majbur boʻldi. Bu haqda “The Washington Post” nashri xabar bermoqda.

Hodisa 5-mart kuni sodir boʻlgan. Tramp Nyu-Orleandan Floridaga uchib ketayotgan boʻlgan.

Nashrning qayd etishicha, Amerikaning sobiq prezidenti uchgan samolyot AQSH Respublikachilar partiyasining asosiy donorlaridan biriga tegishli. Tramp uning aʼzolaridan biri hisoblanadi. Samolyot xavfsiz qoʻnganidan bir necha soat oʻtgach, sobiq prezident Floridaga boshqa samolyotda uchib ketgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер