Tramp Isroil va Livan yetakchilari oʻrtasida 34 yil ichidagi ilk muzokaralarni eʼlon qildi

10:46 16 Aprel 2026 Dunyo
282 0

AQSH Prezidenti Donald Tramp 16-aprel kuni Isroil va Livan yetakchilarining muzokaralari boʻlib oʻtishini maʼlum qildi. Tegishli post uning Truth Social ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida eʼlon qilindi.

“Isroil va Livan oʻrtasida kichik tanaffus (yengillik) yaratishga harakat qilyapmiz. Ikki davlat rahbarlari muloqot qilganiga ancha vaqt boʻldi, taxminan 34 yil. Bu ertaga sodir boʻladi. Juda soz!” — deb yozdi Amerika yetakchisi.

Avvalroq Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu hukumatga Livan bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralarni imkon qadar tezroq boshlashni buyurganini maʼlum qilgan edi. Bundan oldin Tramp telefon orqali muloqotda Eron bilan tuzilgan sulh jarayoni buzilmasligi uchun Netanyahudan Livanga berilayotgan zarbalarni kamaytirishni soʻragan.

Xorijiy OAVlarning qayd etishicha, yaqin orada Isroil va Livanning “Hizbulloh” guruhi oʻrtasida oʻt ochishni toʻxtatish tartibi eʼlon qilinishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер