Tramp ilk bor Meksika prezidenti bilan uchrashdi

23:53 09 Iyul 2020 Dunyo
1314 0

Tramp Oq uyda Meksika prezidenti Andres Manuel Lopes Obradorni qabul qildi. Bu ikki prezidentning ilk uchrashuvi boʻldi.

Ikki yetakchining uchrashuvi AQSH, Meksika va Kanada oʻrtasidagi yangi savdo kelishuvi – “USMCA”ni imzolash doirasida oʻtgan. Ushbu kelishuv iyul boshidan kuchga kirgan. Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo Vashingtonga kelishdan bosh tortgan va shu sababli uchrashuv ikki tomonlama koʻrinish olgan.

Tramp jurnalistlar oldidagi nutqida AQSH va Meksikaning hozirgi munosabatlarini “misli koʻrilmagan darajada” deb atagan va ular “hech qachon hozirgidan koʻra yaqinroq boʻlmaganini” taʼkidlab oʻtgan. U Meksika prezidentini maqtab, uni “qatʼiyatli muzokarachi” deb atagan.

Oʻz navbatida Lopes Obrador Trampga tushungani uchun minnatdorlik bildirgan va AQSH “Meksikaga mustamlaka kabi qaramagani”ni taʼkidlab oʻtgan.

Siz mustaqil millat sifatida bizning shartni bajardingiz. Men bu yerda boʻlganimning sababi ham shu: AQSH prezidenti bizga hurmat va mehr bilan munosabatda boʻlgani uchun AQSH xalqiga minnatdorlik bildirish”, deb aytgan Meksika prezidenti.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер