Tramp: AQSHning Eronda 3,5 mingta nishoni qoldi
Amerika qoʻshinlari Eronda yana 3,5 mingdan sal koʻproq nishonni yoʻq qilishi kerak. Bu haqda AQSH Prezidenti Donald Tramp maʼlum qildi, uning soʻzlarini TASS keltirmoqda.
— Bizda 3 554 ta nishon qoldi, bu [yoʻq qilish] ancha tez amalga oshiriladi, — dedi Amerika yetakchisi Mayamidagi investitsiya forumida.
Bundan oldin Pentagon Eronga “hal qiluvchi zarba” berish variantlarini ishlab chiqayotgani maʼlum boʻlgan edi.
AQSH harbiylari, shuningdek, Eron hududi ichkarisiga qarab ilgarilashni nazarda tutuvchi quruqlikdagi operatsiyalar rejasini ham tayyorlab qoʻygan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring