Tramp AQSH sud tizimini korrupsiyada va Bayden oilasini himoya qilishda aybladi
Foto: Reuters
Tramp sudni Bayden oʻgʻlining noutbuk ishi boʻyicha ikki tomonlama standartlarda aybladi
AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp mamlakat sud tizimini ikki tomonlama standartlarda ayblab, oʻziga nisbatan taʼqiblarni Amerikaning amaldagi yetakchisi Jo Baydenning oilasi ustidan olib borilayotgan tergov bilan qiyosladi. Bu haqda u “Fox News“ telekanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.
Siyosatchining taʼkidlashicha, Bayden oilasi “bir tomonlama, juda adolatsiz tizim” tomonidan himoyalangan. Bu oʻrinda Xanter Bayden noutbukining ishi boʻyicha olib borilgan tergov sobiq prezident tomonidan tanqid qilindi.
“Bu jinoyatni koʻrsangiz, noutbukda juda koʻp narsa bordek tuyuladi. Bu juda dahshatli... va shunga qaramay, ular hech narsa qilishni xohlamaydilar”, deydi Tramp.
Uning fikricha, agar huquq-tartibot idoralari prezident oʻgʻlining noutbukidagi maʼlumotlarni oʻqib chiqqanida, tergov allaqachon tugagan boʻlardi.
“Bunday korrupsiya boʻlgan mamlakatda qonun va tartib boʻlishi mumkin emas”, deydi Tramp.
Avvalroq, AQSH Kongressi Vakillar palatasining Sud-huquq qoʻmitasi prezident Jo Bayden shtabini saylov oldidan uning oʻgʻli Xanterning noutbuki bilan bogʻliq voqeani yashirishga uringanlikda ayblagan edi. Kichik Baydenning noutbukida Xanterning qurollar, giyohvand moddalar va qizlar bilan suratlari, shuningdek, voyaga yetmaganlar bilan yozishmalari borligi va ular 2019-yilda FQBga qoʻliga tushgani haqida maʼlumotlar tarqalgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring