Tramp: "AQSH Xitoydan ancha koʻp kompensatsiya talab qiladi"
AQSH prezidenti Donald Tramp AQSH ham Germaniyadan oʻrnak olishi va yangi turdagi koronavirusni tarqatgani uchun Xitoydan kompensatsiya talab qilishini istisno etmadi. Bu haqda Oq Uyda boʻlgan matbuot konferensiyasida maʼlum qilindi.
Trampning soʻzlariga koʻra, AQSHda Xitoydan pandemiya uchun haq talab qilish boʻyicha Germaniyadan yaxshiroq usuli bor.
Prezidentning taʼkidlashicha, AQSH holatni yaxshilab oʻrganganidan soʻng kompensatsiya miqdori Germaniya soʻragandan ancha koʻp boʻladi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Germaniya Xitoy hukumatidan koronavirus pandemiyasi uchun 130 mlrd yevro kompensatsiya talab qilgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring